Dog' bo'lmasdi hech bir yoqam,
Chang yo'q edi xonada,
Ko'nglim taskin topar edi
Go'zal singlim yonida.
Bugun uydan singlim ketar,
Yor-yor bilan, yor bilan.
Yelkasida iffat bilan
Hamda nomus-or bilan.
Oppoq ko'ngil, oqqushginam,
Yuzi nurli quyoshginam.
Uchmoqdasan orzu tomon,
Manzil tomon, qushginam.
Akasiga mehmon ekan
Bugun bildim singillar,
Yig'lar ekan ketar chog'i
Bildirmayin ko'ngillar.
Og'ir mehnat ko'rgan singlim,
Tosh yo'llarda yurgan singlim,
Yuzlarimga oyoq qo'ymay,
Yuzim yorug' qilgan singlim.
Yoningda yor umidvor,
Ikkingiz ham beg'ubor,
Yetmishda ham, saksonda ham
Bo'lsin sizga Alloh yor.
Oppoq ko'ngil, oqqushginam,
Yuzi nurli quyoshginam.
Uchmoqdasan orzu tomon,
Manzil tomon, qushginam.
Akasiga mehmon ekan
Bugun bildim singillar,
Yig'lar ekan ketar chog'i
Bildirmayin ko'ngillar.
Dog' bo'lmasdi hech bir yoqam,
Chang yo'q edi xonada,
Ko'nglim taskin topar edi
Go'zal singlim yonida.
Bugun uydan singlim ketar,
Yor-yor bilan, yor bilan.
Yelkasida iffat bilan
Hamda nomus-or bilan.