Aylanay begim,
Degan so'zing buncha shirin bo'lsa.
Boylanay, jonim,
Saning nozlaringga boylanay.
Hammadan, hammadan chiroyli
Bu ko'zlaringga joylanay. (joylanay)
May sharbat ichmayman, diydordan kechmayman,
Man uchun u go'zal nafosatda bebaho.
Alamim oshadi, rashkim qaynab toshadi,
Erkaginam boshqalarga hech ham boqmasin qiyo.
Mohitabon, oromijon ul go'zal janon,
Obiravon, yo'lingga ko'zim nigoro.
Bora-bora mehr muhabbatim ziyoda senga,
Rashkim keltirma, go'zal janona!
Aylanay o'ynagan raqsi
Buncha shirin bo'lsa,
O'rgilay, nozu karashmangdan o'rgilay.
Chashmaday yelkangdan oqar
Uzun sochlaringdan o'rgilay. (o'rgilay)
May sharbat ichmayman, diydordan kechmayman,
Man uchun u go'zal nafosatda bebaho.
Alamim oshadi, rashkim qaynab toshadi,
Erkaginam boshqalarga hech ham boqmasin qiyo.
Mohitabon, oromijon ul go'zal janon,
Obiravon, yo'lingga ko'zim nigoro.
Bora-bora mehr muhabbatim ziyoda senga,
Rashkim keltirma, go'zal janona! (x1+x1)