Yig'lab-yig'lab kelin bo'lgan armonginam,
Ota so'zin ustun bilgan qurbonginam.
Yig'lamagin, men g'arib deb to'kma ko'z yosh,
Yurak bag'rim tig'lamagin, berolmas bardosh.
Ota-onang boyga seni sotdilarmi,
Zarga o'rab, boy dargohga otdilarmi?
Baxting sotib, huzur qilib yotdilarmi,
Ishqin oshkor etolmagan qurbonginam.
Yig'lab-yig'lab kelin bo'lgan armonginam,
Ota so'zin ustun bilgan qurbonginam.
Yig'lamagin, men g'arib deb to'kma ko'z yosh,
Yurak bag'rim tig'lamagin, berolmas bardosh. (x2)
Oq libosing yarashibdi, qayrilma qosh,
Endi mening osmonimda so'ndi quyosh.
Ishqin zarga sotgan, narxi arzonginam,
Xayolida bir baxtli bo'lgan xayolginam.
Seni ko'rmoq endi menga sarob bo'ldi,
Yoring bo'lmoq orzularim xarob bo'ldi.
Oq niyatlar xayollarda sarob bo'ldi,
Seni sevmoq endi menga azob bo'ldi.
Yig'lab-yig'lab kelin bo'lgan armonginam,
Ota so'zin ustun bilgan qurbonginam.
Yig'lamagin, men g'arib deb to'kma ko'z yosh,
Yurak bag'rim tig'lamagin, berolmas bardosh. (x2)
Agar o'lsam, tobutimga tikilmagin,
Joning qiynab, jonim, hech ham siqilmagin.
Bag'ring tig'lab, mendek, jonim, yiqilmagin,
Kuzgi xazon kabi bir kun to'kilmagin.
Yig'lab-yig'lab kelin bo'lgan armonginam,
Ota so'zin ustun bilgan qurbonginam.
Yig'lamagin, men g'arib deb to'kma ko'z yosh,
Yurak bag'rim tig'lamagin, berolmas bardosh. (x2)