[Aziza Xalilova]
Sevgingni inkor etding sen, tonib ketding sen.
Adomas alamli tunlar, sog'ingan kunlar.
Chidashdan boshqa chora yo'q,
Mendayin dili pora yo'q, aha.
[Afruz guruhi]
Tunu kunim faqat, o'ylarimda ishqing,
Aytgan dardli shirin, so'zlarimda ishqing.
Yolg'izlikdan yonib, kuyib bo'ldim asta,
Bir umrga endi ishqingdan dil xasta.
[Afruz guruhi va Aziza Xalilova]
Orzu edi menga yetish, yorim, senga,
Halok bo'ldi armon, topilmas dardga darmon.
Orzu edi menga yetish, yorim, senga,
Taqdir menga yozmish ayriliq.
Taqdir nega yozmish ayriliq?
[Aziza Xalilova]
Ko'nglimiz shunday to'q edi, shubha yo'q edi,
Nahotki sevgim rad etding, zor etib ketding?
Yuragim ado, zor qoldi, ohlarim ichiga oldi, aha.