Yo'llar hech qachon
 Sen tomon eltmas, zolim yo'llar.
 Yillar hech qachon
 Endi qaytmas, zolim yillar.
Ochdi zolim yo'llar,
 Zolim yillar ko'zlarimni.
 Eshit, senga aytar
 Ikki og'iz so'zlarimni.
Qo'shiqlarimda yig'laydi
 Qalbimning sen bilmas dog'lari.
 Eshiklarini ochmaydi
 Muhabbatning bog'lari.
Qaray olasanmi mening ko'zlarimga bir kun
 Yonimdan o'tganingda?
 Qaray olasanmi mening ko'zlarimga
 Qiyomat o'rtasinda? (x2)
Taqdir shafqat bilmas,
 O'yinqaroq, zolim taqdir.
 Kular ustimizdan,
 Biz esa jim, chora yo'qdir!
Qo'shiqlarimda yig'laydi
 Qalbimning sen bilmas dog'lari.
 Eshiklarini ochmaydi
 Muhabbatning bog'lari.
Qaray olasanmi mening ko'zlarimga bir kun
 Yonimdan o'tganingda?
 Qaray olasanmi mening ko'zlarimga
 Qiyomat o'rtasinda? (x2)