Yor uyiga kelinposhsha ibo bilan kelibdi,
Kuyovto'ra yuragiga shifo bilan kelibdi.
Asta-asta qadam bosar, qutlug' bo'lsin qadamlar, {x2}
Hayo bilan hirom aylab, xino bilan kelibdi.
Kelibdi, kelibdi, xino bilan kelibdi,
Kelibdi-yo, kelibdi, xino bilan kelibdi.
To'y oqshomi xonadonga nur taralib bir zumda, {x2}
Go'yo tunda quyosh chiqib, ziyo bilan kelibdi.
Nazokati, chiroyi yoshligiga nur qo'shibdi,
Andisha-yu odob degan sarpo bilan kelibdi.
Kelibdi, kelibdi, sarpo bilan kelibdi,
Kelibdi-yo, kelibdi, sarpo bilan kelibdi.
Uzukka ko'z solgan misol kuyov bola yonida,
Go'yo kuyov Tohir bo'lib, Zuhro bilan kelibdi.
Sevgi baxtin ko'z-ko'z etar, ko'z tegmasin baxtiga, {x2}
Boshiga baxt qushi qo'nib, humo bilan kelibdi.
Kelibdi, kelibdi, humo bilan kelibdi,
Kelibdi-yo, kelibdi, humo bilan kelibdi.
Bu dargohdan ketmas bo'lib kelgan bo'lsin ne mo'min, {x2}
Yuragida ahdu-paymon, vafo bilan kelibdi.
Nazokati, chiroyi yoshligiga nur qo'shibdi,
Andisha-yu odob degan sarpo bilan kelibdi.
Kelibdi, kelibdi, sarpo bilan kelibdi,
Kelibdi-yo, kelibdi, vafo bilan kelibdi.