Qoshing qarosi balo,
Netay, men unga shaydo?
Arzi-holimni ko'r,
Chamanda esgan sabo, o'rgilaman-ey,
Chamanda esgan sabo.
Arzi-holimni ko'r,
Chamanda esgan sabo, o'rgilaman-ey,
Chamanda esgan sabo.
Borib ayting, to'rg'aylar,
Ul g'arib kimni poylar?
Menday kuyganmu Layli-yo
Shuncha yil, shuncha oylar-o?
Shuncha yil, shuncha oylar?
Chertma, jo'ram, toringni,
Elga yoyma zoringni.
Tushimda ham ko'rmayman
Yurakdagi yorimni, o'rgilaman-ey,
Yurakdagi yorimni.
Tushimda ham ko'rmayman
Yurakdagi yorimni, o'rgilaman-ey,
Yurakdagi yorimni.
Gul shoxida bulbulni
Tutib olgim kelodi,
Ko'nglimdagi yorimni-yo
Kunda ko'rgim kelodi-yo,
Kunda ko'rgim-o kelodi.
Qaldirg'och qaro ekan,
Qanoti a’lo ekan,
Yoshlikda bergan ko'ngul
Ayirmas balo ekan, o'rgilaman-ey,
Ayirmas balo ekan.
Yoshlikda bergan ko'ngul
Ayirmas balo ekan, o'rgilaman-ey,
Ayirmas balo ekan.