Bir ko'rishdan xumor bo'ldim,
Uxlolmayman, bedor bo'ldim.
Bir ko'rishdan oshiq bo'ldim,
Uxlolmayman, bedor bo'ldim.
Tabibim bo'l – bemor bo'ldim,
Sevib qoldim, nima qilay?
Shifokor qiz, shifokor qiz,
Sevib qoldim-a, nima qilay?
Shifokor qiz, shifokor qiz,
Sevib qoldim-a, nima qilay?
Qo'ling ekan muncha yengil,
Oydinlashdi xira ko'ngil. (x2)
Gul g'unchami go'yo bulbul,
Sevib qoldim, nima qilay?
Shifokor qiz, shifokor qiz,
Sevib qoldim-a, nima qilay?
Shifokor qiz, shifokor qiz,
Sevib qoldim-a, nima qilay?
Silab eding jonim kulib,
Bir tirildim, yuz ming o'lib. (x2)
Tashlolmayman dildan yulib,
Sevib qoldim, nima qilay?
Shifokor qiz, shifokor qiz,
Sevib qoldim-a, nima qilay?
Shifokor qiz, shifokor qiz,
Sevib qoldim-a, nima qilay?
Bemoringni tashlab ketma,
Ko'zlarini yoshlab ketma. (x2)
Oshig'ingni inkor etma,
Sevib qoldim, nima qilay?
Shifokor qiz, shifokor qiz,
Sevib qoldim-a, nima qilay?
Shifokor qiz, shifokor qiz,
Sevib qoldim-a, nima qilay?