Ha, yana kunlar o'tmoqda, qalbim seni kutmoqda,
Lekin javobing yo'q hanuzgacha.
Tunlarim bedorlikda, kunlarim mahzunlikda,
Bu hol davom etar qachongacha?
Ey, ey, nolalarim behuda sarson etma,
Ou ou, holatimni mahzun aylama.
Ha, ha, seni jondan axir aniq sevaman,
Yo'q, yo'q mendan hech gumonsirama.
Sen bor yashayman umidga to'lib,
Sen bor orzularga ko'milaman.
Sen bor yashayman borligini his etib,
Albat orzularga men yetaman. (x2)
Butkul o'zgartirding hayotimni sen,
Ey go'zal, ko'zi qaro.
So'zlamaysan ichingdagini lek,
Ko'zlaring to'la ma’no.
Ey, ey, nolalarim behuda sarson etma,
Ou ou, holatimni mahzun aylama.
Ha, ha, seni jondan axir aniq sevaman,
Yo'q, yo'q mendan hech gumonsirama.
Sen bor yashayman umidga to'lib,
Sen bor orzularga ko'milaman.
Sen bor yashayman borligini his etib,
Albat orzularga men yetaman. (x2+x3)