Quvonchu, mayli, shodlik
Bo'lsin faqat sen taraf.
Ayriliq-u alamlar
Mayli, bo'lsin men taraf.
Senga zarracha ozor
Tegmasa faqat deyman.
Kim bilan bo'lsang ham,
Baxtli bo'lsang bas.
Yuragingda men uchun
Mayli, sen joy bermagin,
Kimni sevsang-u sevgin,
Lekin ko'z yosh to'kmagin.
Men yetolmagan baxtga
Sen faqat yetib yurgin,
Kim bilan bo'lsang ham,
Baxtli bo'lsang bas.
Ko'zlaring kulib tursa bas,
Yuraging urib tursa bas,
Hayoting quvonchga to'lsa bas,
Kim bilan bo'lsang ham,
Baxtli bo'lsang bas. (x2)
Yuragingda men uchun
Mayli, sen joy bermagin,
Kimni sevsang-u sevgin,
Lekin ko'z yosh to'kmagin.
Men yetolmagan baxtga
Sen faqat yetib yurgin,
Kim bilan bo'lsang ham,
Baxtli bo'lsang bas.
Berganingda bir imkon,
Balki baxtli qilardim.
Atirguldan uy yasab,
Senga qasr qurardim.
Sen xohlagan oq otda
Balki o'zim kelardim,
Kim bilan bo'lsang ham,
Baxtli bo'lsang bas.
Ko'zlaring kulib tursa bas,
Yuraging urib tursa bas,
Hayoting quvonchga to'lsa bas,
Kim bilan bo'lsang ham,
Baxtli bo'lsang bas. (x2)
To'ylaringga to'yonani
Agar berib yuborsam,
Qo'lga olib, sen qo'rqmagin,
U hamon urib tursa.
Sen uchun men yashayabman,
Armonim, men hali ham.
Kim bilan bo'lsang ham,
Baxtli bo'lsang bas.
Quvonchu, mayli, shodlik
Bo'lsin faqat sen taraf.
Ayriliq-u alamlar
Mayli, bo'lsin men taraf.
Senga zarracha ozor
Tegmasa faqat deyman.
Kim bilan bo'lsang ham,
Baxtli bo'lsang bas.
Ko'zlaring kulib tursa bas,
Yuraging urib tursa bas,
Hayoting quvonchga to'lsa bas,
Kim bilan bo'lsang ham,
Baxtli bo'lsang bas. (x2)