Oydin ko'lda oq o'rdak,
O'polmadim bo'ynidan,
Qanday tortib olaman
Endi birov qo'ynidan. (x2)
Ilinmadi, bu ko'lga
Men-da tuzoq qo'ygandim,
Zolim sayyod bo'lsam ham,
Oq o'rdakni suygandim.
Zolim sayyod bo'lsam ham,
Oq o'rdakni suygandim.
Sohillardan so'rasam,
Jilmayadi suv yuzi,
Yer yuzida bittadir,
Shu o'lkaning shu qizi.
Endi bo'ldi, bariga
Siltayurman qo'limni,
Bosib ketsin nilufar
O'rdagi yo'q ko'limni. (x2+x1)
Bosib ketsin nilufar
O'rdagi yo'q ko'limni.