Aytgin, qanday so'zlar yuraging yumshatar,
Yana qancha sevay, ayt?
Umrimni berganman, seni deb yasharman,
Muhabbatim kammi, ayt?
Ketarsan unut deb, chekinib har safar,
Unutolmasam netay?
Yo'qlamaysan nega, zarurmasman balki,
Endi keragim yo'qday.
Maftun etib o'zing, endi turma jim,
Jonim, jim.
Maftun etib o'zing, endi turma jim,
Sog'indim.
Ko'zlaringning ortida, ayt, nima berkinar?
Nima berkinar, nima berkinar?
Chekinishga, voz kechishga ne majbur qilar,
Ne majbur qilar, ne majbur qilar?
Ketarsan unut deb, chekinib har safar,
Unutolmasam netay?
Yo'qlamaysan nega, zarurmasman balki,
Endi keragim yo'qday.
Maftun etib o'zing, endi turma jim,
Jonim, jim.
Maftun etib o'zing, endi turma jim,
Sog'indim.