[Monolog]
Vaqt! Uning dastidan dunyo dod deydi. U oliy hakam.
Men yana siz bilan. Vaqt o'tayapti. Inson o'zi shunaqa:
Doim yo'qotganiga qayg'uradi, topganlari tog'risida esa sira o'ylab ko'rmaydi.
Gunohlardan holi bo'lmagan oddiy odam sifatida kimnidir xafa qildim,
kimlarnidir xursand. Kimnidir yo'qotdim, kimlarnidir topdim.
Kimdir, kimdir meni kechirmadi. Kimlar esa aksincha.
Hammasiga jarohat ham, malham ham bu – vaqt.
Ulug' bobomiz Sa’diy Sheroziy shunday degan ekan:
Tun bo'yi bemorga yig'lab bir odam,
Tongda o'lib qoldi, bemor-chi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho'loq eshak esa manzilga yetdi…
Shundan asrasin. Nima bo'lganda ham sizlarni yaxshi ko'raman.
Topganlarim ichida men uchun eng qadrlisi bu – sizlar.
Va men sizlar bilan baxtliman!
Dunyo, senga bitta o'tinchim:
Hech yo'q bir bor omadim kulsin.
Nomardga bosh egkandan ko'ra
Tikka turib o'lganim bo'lsin.
Nomardga bosh egkandan ko'ra
Tikka turib o'lganim bo'lsin.
Izlab-izlab topganlarim – dard,
Insonlaring shaytonga ulfat,
Topolmasam bitta do'stu mard,
Tikka turib o'lganim bo'lsin.
Topolmasam bitta do'stu mard,
Tikka turib o'lganim bo'lsin.
Yig'layverma yig'loqi ko'nglim,
Bizning dardni anglamas hech kim,
Mard bo'l, kulib kelsa ham o'lim,
Tikka turib o'lganim bo'lsin.
Mard bo'l, kulib kelsa ham o'lim,
Tikka turib o'lganim bo'lsin.
Sherman, deydi sherligi yo'qlar,
Zo'rman, deydi erligi yo'qlar,
Yashasa gar zo'r bo'lib ular,
Tikka turib o'lganim bo'lsin.
Yashasa gar zo'r bo'lib ular,
Tikka turib o'lganim bo'lsin.
Akalar ko'p, akalar bisyor,
Biri ayyor, birisi xushyor,
Tanim g'ajib tashlashga tayyor,
Tikka turib o'lganim bo'lsin.
Ko'rib to'ydim sitamlaringni,
Butlolmadim hech kamlaringni,
Yelkamga qo'y bor g'amlaringni,
Tikka turib o'lganim bo'lsin.
Yelkamga qo'y bor g'amlaringni,
Tikka turib o'lganim bo'lsin. {x3}