Sahrosida bog'lar gullagan diyor,
Ayt, sendek go'zal vatan yana qayda bor?
Bag'rida yuz millat yashaydi baxtiyor,
Yuragimda senga so'nmas mehrim bor.
O'zbekiston faxrim, jannatmakon yurtim,
Sening noming bilan uradi bu jon!
O'zbekiston faxrim, jannatmakon yurtim,
Farzandingmiz, senga ko'ksimiz qalqon.
Tonglar otar, har tong o'zgacha nurli,
Insonlari ham oqibatli, mehrli.
Keksalar qo'llarini ochib duoga,
Bu yurtni to'ldirar baxtga, nurga, ziyoga.
O'zbekiston faxrim, jannatmakon yurtim,
Sening noming bilan uradi bu jon!
O'zbekiston faxrim, jannatmakon yurtim,
Farzandingmiz, senga ko'ksimiz qalqon.
Bobolarim qadrlab tildan qo'ymagan,
Farzandlarining kelajagini o'ylagan,
Olislarda yurib, qadringni bildim,
Baxt neligin bilmas qadring bilmagan.
O'zbekiston faxrim, jannatmakon yurtim,
Sening noming bilan uradi bu jon!
O'zbekiston faxrim, jannatmakon yurtim,
Farzandingmiz, senga ko'ksimiz qalqon.
Kelajaging buyukdir O'zbekiston!