Balki ko'rmaganimda edi seni,
Bo'lardi hayotim o'zgacha.
Lekin taqdirim yetakladi meni
Sen tomonga aynan bu kecha.
Afsuslanmayman uchratganimdan,
Go'zalliging oldida tabiat jim.
So'z topolmayman, ta’riflarimdan
To'lmayapti bu kecha ko'nglim.
Ko'zlarim mana talpinadi yana,
Seni ko'rish uchun izlaydi bahona.
Ko'zlarim mana talpinadi yana,
Seni ko'rish uchun izlaydi bahona.
Ma’noli nigohlaringdan olaman anglab
Menga ham befarqmasliging.
Yuz minglar ichidan aynan seni tanlab
Aniqdir adashmasligim.
Guldasta yasab kulgularingdan,
Yo'llagin uni hozir men tomon.
Bir joy ajratib ertaklarimdan,
Olib ketaman seni shu zamon.
Ko'zlarim mana talpinadi yana,
Seni ko'rish uchun izlaydi bahona.
Ko'zlarim mana talpinadi yana,
Seni ko'rish uchun izlaydi bahona. (x1+x2)
Ko'zlarim mana…