Yuz ming yillik asl tarix egasi,
Nom taratgan millat sha’ni, ertasi.
Ajdodlarim yotgan aziz tuprog'im,
Noming o'chmas mangu, ulug' o'zbegim! (x2)
Sen kechasan, sen bugunsan, sen erta,
Buyuk noming o'chmas bo'lib taralgan.
Bobolaring qoni mangu tomirda,
O'zbek shunday buyuk bo'lib yaralgan.
Kim, kim bo'lgan Amir Temur bobomlar,
Oshib qancha tog'u, qancha dovonlar,
Adolatli hukmlar bitgan podshoh,
Barpo etgan, oltin oppoq saroylar.
Navoiydir o'z tilimiz anglatgan,
Qo'lga qalam olib, dovrug' taratgan.
Ulug'bekdir yulduzlarning sirdoshi,
Qay yurtda bor buyuklarning izdoshi?
Tarixingdan o'rnak olgan dunyolar,
Ibrat bo'lgan dono xalqim, o'zbegim!
Sen kechasan, sen bugunsan, sen erta,
Buyuk noming o'chmas bo'lib taralgan.
Bobolaring qoni mangu tomirda,
O'zbek shunday buyuk bo'lib yaralgan.
Mana bugun shon-shuhratlar bizniki,
Shu Vatanda yayrab o'sgan o'zniki.
Boshimizda panoh Yurtboshimiz bor,
Shunday ekan, buyuk kelajagimiz bor!
Sen kechasan, sen bugunsan, sen erta,
Buyuk noming o'chmas bo'lib taralgan.
O'zbekiston sen o'zligim, sen faxrim,
Shu zaminda tug'ilganim chin baxtim! {x2}
Sen doimo buyuksan!