[Tohir Sodiqov]
Tongda quyosh bo'lib, tunlar yulduz bo'lib,
Boqasan osmonlardan endi sen.
[Jahongir Poziljonov]
Do'stlaring qalbida mangu o'chmas xotirasan,
Aslo tark etmagansan bizni sen.
[Jahongir Poziljonov, Tohir Sodiqov, Ziyoda, Shahzod]
Yonimizda, bir umr yonimizda,
Qalbimizda yashaysan sen, do'stim.
Seni unutmaymiz bir zum!
Yonimizda, yurgandek yonimizda,
Yuragimiz to'rida sen borsan, borsan.
[Shahzod Rahimov]
O'g'lingiz ko'zida aks etar ko'zingiz,
Ota-onangiz quvonchi bo'lgan edingiz.
[Ziyoda]
Tengsiz ijodingiz bugun ro'yobga chiqqanida
Yonimizda emassiz, afsus, hech, hech.
[Jahongir Poziljonov, Tohir Sodiqov, Ziyoda, Shahzod]
Yonimizda, bir umr yonimizda,
Qalbimizda yashaysan sen, do'stim.
Seni unutmaymiz bir zum!
Yonimizda, yurgandek yonimizda,
Yuragimiz to'rida sen borsan, sen borsan.
[Ziyoda]
Hech kimdan yordamni siz ayamasdingiz,
Men unuta olmasman buni hech.
[Shahzod Rahimov]
Siz kabi mo’min inson aziz bo'lgan har on,
Qo'shiqlarim qanotida qoling siz.
[Jahongir Poziljonov, Tohir Sodiqov, Ziyoda, Shahzod]
Yonimizda, bir umr yonimizda,
Qalbimizda yashaysan sen, do'stim.
Seni unutmaymiz bir zum!
Yonimizda, yurgandek yonimizda,
Yuragimiz to'rida sen borsan, sen borsan.
[Ziyoda]
Bu dunyo baribir bir kam ekan,
Gohi dard, gohida malham ekan,
Yolg'iz Yaratganga ayon inson taqdiri,
Abadiy yasholmas odamlarning hech biri.
[Jahongir Poziljonov, Tohir Sodiqov, Ziyoda, Shahzod]
Yonimizda, bir umr yonimizda,
Qalbimizda yashaysan sen, do'stim.
Seni unutmaymiz bir zum!
Yonimizda, yurgandek yonimizda,
Yuragimiz to'rida sen borsan, borsan.