Topdim malham shirin jilvalaringdan,
Qochib bu dunyoning sehridan.
Qotdim lol holati olib bir xabar,
Oshiqlikning alomati ortar.
Hey Gulira’no, Gulira’no,
Ko'nglimda ochilgan bog'i-bahormisan?
Ey Gulira’no, Gulira’no,
Nazdimda yaralgan chog'i nahormisan-ey?
Ochdim o'zim uchun o'zga sayyora,
Yaqinlashib sirga tobora.
Bebosh demang, bu dard o'zimga yoqar,
Sharobi ishq kibrimni sindirar.
Hey Gulira’no, Gulira’no,
Ko'nglimda ochilgan bog'i-bahormisan?
Ey Gulira’no, Gulira’no,
Nazdimda yaralgan chog'i nahormisan-ey? (x1+x1)