Sog'indimu jamolingni ko'zlar,
Hayratdan lol bo'lib senga qarar,
Yurak urishi do'mbiraga o'xshar, chalar.
Ayt, senda nima bor meni o'ziga qaratgan?
Asirman senga.
Bir qo'lda qalam bor, sahifadir chiroying,
Sarhushman.
Tunda asta-sekin oyning nurida,
Yoningga ravonaman-ey.
Jonimni qiynama, jonim, hajring o'tida,
Man yonaman-ey, yonaman-ey. (x2)
Ololmadim xumoringni guldan,
Rohatdan xush dilim vasling so'rar,
Yanog'ingda olma rangi yonar, yoqar.
Aytgin, senda nima bor meni o'ziga qaratgan?
Zarursan menga.
Bir qo'lda qalam bor, nafisadir chiroying,
Yog'dusan.
Tunda asta-sekin oyning nurida,
Yoningga ravonaman-ey.
Jonimni qiynama, jonim, hajring o'tida,
Man yonaman-ey, yonaman-ey. (x1+x2)