Indamasam jonimni olib,
Ishontirib, borimni olib,
O'g'riginam, va’dalar berib,
O'zing ketding qayoqqa?
Ko'zlarimdan kulgu yiroq,
E’tibor bermay yaxshiroq,
Sevaman deb yorim, biroq
O'zing ketding qayoqqa?
Ko'ngil, ko'ngil, ko'ngil deb,
Bevafoga ko'ngil berdimmi?
Yurak yig'lar berib ozor,
Yor seni deb men aldandimmi? (x2)
Yaxshi edim, bo'ldimmi yomon?
Bilolmadim ko'nglingni hamon.
Shuncha bergan va’dalar uvol,
Boray aytgin qayoqqa?
Ko'nolmaydi, og'riydi dilim,
Ojiz, so'zlay olmaydi tilim.
Bir bevafo bo'lsa sevganim,
Boray aytgin qayoqqa?
Ko'ngil, ko'ngil, ko'ngil deb,
Bevafoga ko'ngil berdimmi?
Yurak yig'lar berib ozor,
Yor seni deb men aldandimmi? (x2+x4)