Holimdan bir xabar olmaysan birrov,
Axir maning yuragimda yonar olov.
Ko'rishmaganimizga ham ancha bo'ldi,
Arzimagan narsaga ajralamizmi anov?
Zo'rg'a chidamoqdasan, bilaman,
Qo'ng'iroq qilmoqchi bo'lasan sezaman.
Mag'rur bo'lmagin, jonim, bunchalar,
Oz vaqt o'tmay sog'inching qalbing parchalar.
Sahifalar ochilar, muhabbatning notanish dardlari,
Go'yoki g'amlarga ko'milar qadriga yetmagan kunlari.
Xayolingdan o'tadi birma-bir uning o'sha go'zal ko'zlari,
Oldinroq qayerlarda edi, chetga surildi g'ururlari.
Bu holimni kor-ey, parvoying yo'q janon-ey,
Ikkimiz ham sog'inchlardan chekmoqdamiz ozor-ey.

Bo'ldi endi qardingga yetaman,
Sensiz axir jonim men netaman?
Sendan o'zga menga kerak emas,
Sen ila urar yurak har nafas.
Bir bora qalbingga quloq solib ko'r,
Baribir bir kun bo'lasan bunga majbur.
Qachonga chidash mumkun,
Yuraging shu vaziyatdan toparmi huzur?