Yo'q, bardoshim yo'q,
Borolmayman yoningga man.
Borsam agar, aytolmayman
Dardimni man, dardimni man.
Nega bu yurak
Sen tomonga talpinar?
Nima qilay endi, ammo
Seni endi men ko'rmasam?
Nahot endi, nahot endi
Unutding sen, unutding sen?
Eh, nahot hammasi bo'ldi tamom,
Seni bir zumga ko'rmay?
Nahotki seni ko'rmasam?
So'nggi bor xayrlashay.
Sensiz qandayin yashayman?
Yuragi-bag'ri adoman,
O'zimni hech aldolmayman.
Nahot hammasi bo'ldi tamom,
Seni bir zumga ko'rmay?
Nahotki seni ko'rmasam?
So'nggi bor xayrlashay.
Sensiz qandayin yashayman?
Yuragi-bag'ri adoman,
Sevgimga yetolmadim man,
Sevgimga yetolmadim man.
Ayt, aybdor kim?
Yoki taqdir, yetmas sabr.
Ikkimiz jim, bo'ldik taslim,
Yetolmadim, armon baxtim.
Nega bu yurak
Sen tomonga talpinar?
Nima qilay endi, ammo
Seni endi men ko'rmasam?
Nahot endi, nahot endi
Unutding sen, unutding sen?
Eh, nahot hammasi bo'ldi tamom,
Seni bir zumga ko'rmay?
Nahotki seni ko'rmasam?
So'nggi bor xayrlashay.
Sensiz qandayin yashayman?
Yuragi-bag'ri adoman,
O'zimni hech aldolmayman.
Nahot hammasi bo'ldi tamom,
Seni bir zumga ko'rmay?
Nahotki seni ko'rmasam?
So'nggi bor xayrlashay.
Sensiz qandayin yashayman?
Yuragi-bag'ri adoman,
Sevgimga yetolmadim man,
Sevgimga yetolmadim man.