Bu dunyo bir kammikan,
Oxiri alammikan? (x2)
Diydor ganimatmikan-ey,
Avval bilmadimmikan? (x2)
Otajonim, otajonim,
Yorug' jahonim.
Ortingizdan qoldimku men,
Qoldi armonim.
Ota, armonim, otajonim…
Faryod aylasammikan,
Dodlar aylasammikan?
Sizga parvona bo'lmay,
Xatolar ayladimmikan?
Men farzandlik burchlarin
Ado qilmadimmikan?
Bir shirin so'z aytib,
Sizni xabar olmadimmikan?
Otajonim, otajonim,
Yorug' jahonim.
Ortingizdan qoldimku men,
Qoldi armonim.
Boshginamni egdi g'am,
Nelar qilsam endi kam,
Ishongan bog'im ekansiz-ey,
Avval sezmadimmikan?
Otajonim, otajonim,
Yorug' jahonim.
Ortingizdan qoldimku men,
Qoldi armonim.
Mening mehribonim…