Bu dunyo armonli, bu dunyo sinovli,
Kimnidir baxt qucharkan,
Kimnidir dard qucharkan.
Sabr qilsang, bir kuni barchasi o'tarkan.
Bu dunyo armonli, bu dunyo sinovli,
Kim yashab kulgu bilan,
Kim yashar qayg'u bilan.
Sabr qilsang, bir kuni barchasi o'tarkan.
Barchasiga yurak chidarkan.
Chin do'stingiz sizni sotsa, yig'lamang,
Kimdir yolg'on tuhmat otsa, yig'lamang.
Bu sinov, yuragingiz tirnamang,
Dunyoning sinovlari bu.
Omad sizni tashlab ketsa, yig'lamang,
Yaqinlar ham g'iybat otsa, yig'lamang.
Bu sinov, yuragingiz tirnamang,
Dunyoning sinovlari, yig'lamang.
Bu dunyo armonli, bu dunyo sinovli,
Hayot kimga omad berar,
Hayot kimga kulfat berar.
Umr yo'llarida bizni ne sinov kutarkan?
Bu dunyo armonli, bu dunyo sinovli,
Hayot kimni sinar ekan,
Hayot kimni siylar ekan.
Sabr qilsang, bir kuni barchasi o'tarkan,
Sinovlariga yurak chidarkan.
Bu sinovlar jonga botsa, yig'lamang,
Boshingizdan omad ketsa, yig'lamang.
Bu sinov, yuragingiz tirnamang,
Dunyoning sinovlari bu.
Omad sizni tashlab ketsa, yig'lamang,
Yaqinlar ham g'iybat otsa, yig'lamang.
Bu sinov, yuragingiz tirnamang,
Dunyoning sinovlari, yig'lamang.