Sultonim, shohim mening,
Ishqim panohim mening,
Men boqdim, sen boqmading,
Nedir gunohim mening?
Oy qiz, oy qiz. (x2)
Azizim, otma mani,
Yotlarga sotma mani, (x2)
Ko'ngilni yotga berib,
Dildan aldatma mani, (x2)
Oy qiz, oy qiz.
Ko'ngilni yotga berib,
Dildan aldatma mani, (x2)
Oy qiz, oy qiz.
Yuzingda xoling, oy qiz,
Xushdir jamoling, oy qiz,
O'ldirdi nozing mani,
Nedur xayoling, oy qiz?
Oy qiz, oy qiz. (x2)
Keturman yo'lim budir,
Dard budir, zulm budir, (x2)
Sen sevasan o'zgani,
Ajalsiz o'lim budir, (x2)
Oy qiz, oy qiz.
Sen sevasan o'zgani,
Ajalsiz o'lim budir, (x2)
Oy qiz, oy qiz.