Bu sokinlik,
Xayollarim sen tomon boshlar.
Talabim seni ko'rmoqlik,
Ko'zlarim bir seni izlar, hey.
Osmonlar dardim tinglar,
Tinmasdan esadi mayin shamollar.
Bu tunda xayolim senda,
Visolingni qalbim istar.
Jamoling sog'inaman, sog'inaman,
Xayolim tun sen tomon eltar, uchaman.
Og'ushida tuyg'ularim
Ko'm-ko'k osmonlar ichida,
Sevgimni senga izhor etaman.
Sog'inchim tinmas soniya sanab,
Uyqudan qolmagan asar.
Go'yoki tun tugamas, guvoh,
Yulduzlar menga hamroh.
Osmonlar dardim tinglar,
Tinmasdan esadi mayin shamollar.
Bu tunda xayolim senda,
Visolingni qalbim istar.
Jamoling sog'inaman, sog'inaman,
Xayolim tun sen tomon eltar, uchaman.
Og'ushida tuyg'ularim
Ko'm-ko'k osmonlar ichida,
Sevgimni senga izhor etaman. (x1+x2)