Muhabbat sarson bo'ldi,
Ko'ngil narxi arzon bo'ldi,
Gulbahorlar xazon bo'ldi,
Yuragimni qaytib ber. (x2)
Qiynoqlarga solgin mayli,
Sevgim tortib olgin mayli,
Dil armonim sen tufayli,
Yuragimni qaytib ber. {x2}
Endi qaytib sog'inmayman,
Ishqingda ham og'rinmayman,
Senga boqib ovunmayman,
Yuragimni qaytib ber. {x2}
Muhabbating yolg'on ekan,
Tafti to'la armon ekan.
Meni qaytib sog'inmagan
Yuragimni qaytib ber. {x2}
Ko'zlarimdan olib ko'zing,
Mayli aytib achchiq so'zing,
Begonamas faqat o'zing
Yuragimni qaytib ber.
Alamlarda qiynalaman,
Hijronlarda ko'p yonaman,
Sensizlikka o'rganaman,
Yuragimni qaytib ber!
Sensizlikka o'rganaman,
Yuragimni qaytib ber!
Yuragimni qaytib ber… {x2}