Tushlarimga kel, yana qaytadan boshlay,
San bilan o'tgan kunlarimni boshidan boshlay.
Kel, bo'lamiz birga, yana oldingiday,
Agar shunday bo'lsa, mayli uyg'onmay.
Mastona bo'lib yashash tegdi jonga,
Kim berar yordam qo'lini menga?
Ko'z, shabnam to'kma sog'inganda uni,
Tunda xira ko'rinadi kelganda tushlarimga.
Tushlarimga kel, olisdan bo'lsa ham ko'ray,
Sani sog'indim, deb kel, husningga tuyib-tuyib qolay.
O'ngimda esa meni unutgansan bilaman,
Bo'l yonimda bir kun, evaziga jonimni beraman!
O'ngimda bo'lmasa tushlarimda birga bo'l,
Oldimda bo'lmasa ongimda birga bo'l.
Qalban bo'laylik birga, unib kel yana yonimga,
Ko'z oldimda bo'lmasang, ko'z ortimda birga bo'l.
San bilan baxtli edim, yonimda o'tirarding,
Har xil taqinchoqlar yasab, manga ko'rsatarding.
Yoqardi ishlaring, asabga tegishlaring,
Sani hech kimga alishmasdim, alishib ketding.
Tun qorong'u, yolg'izlik,
Shiftga qarab o'ylab yotaman,
Qiynayverar sensizlik.
Sensizlikka qarshi bormikan giyoh?
Yoki sandagi nigoh mani
Hamma savollarimga izoh?
Bedor tunlar sensiz o'tardi,
Mayin savol ko'nglim ezardi.
Sen kimnidir erkalaganda
Maning ko'nglim, afsus, sezardi.
Seni tunlari o'ylab uxlayman,
Tushlarimda kutib yashayman.
Agar bir bor kelsang yonimga,
Bag'rim to'lib, yashnayman.
O'ngimda bo'lmasa tushlarimda birga bo'l,
Oldimda bo'lmasa ongimda birga bo'l.
Qalban bo'laylik birga, unib kel yana yonimga,
Ko'z oldimda bo'lmasang, ko'z ortimda birga bo'l.