Ey yoronlar,
Ey yoronlar, bir yuzi gul oyga oshiq bo'lmisham, {x2}
Barchaning maqsudi, gul ra’noga oshiq bo'lmisham. {x2}
Bulbuliman bog' aro, g'avg'oga oshiq bo'lmisham, {x2}
O'zi g'oyib, zulflari yaldoga oshiq bo'lmisham, {x2}
Manzilim bog' ichradur, sahroga oshiq bo'lmisham.
Qalbim ichra yor g'amidur, manzilim sahroda hay,
Tortishim g'am-g'ussayu o'xshaymanu Farhodga ham.
Soldi ishqing, {x2} dilbaro jonu jigarni o'tga hay,
Vo darig'o, kechdi umrim, zoye berdim, boda hay, {x3}
Ohi ko'p, afg'oni ko'p, barnoga oshiq bo'lmisham.
Bilmadim, ne bahri yerdur, ne muazzam tog'idur?
Oldi ko'nglim, ketdi aqlim, tan mudom ne chog'idur.
Nisbat etmak, {x2} bo'lmas aslo, umri bulbul zog'idur,
El g'araz, har zulfina yetmish ming er tuzog'idur, {x2}
Qaddu qomati baland zeboga oshiq bo'lmisham.
Istamas yorim mani, ul yorga zorim yo'q manim, {x2}
Qolmisham hayron bo'lib, hayrat, madorim yo'q manim. {x2}
Oldi jonim,
Oldi jonim ishqi o'ti, ixtiyorim yo'q mani, {x2}
Kelsa aqlim tark etar, ketsa qarorim yo'q manim. {x2}
Kiprigi o'q, qoshlari ul yoyga oshiq bo'lmisham.