Go'zaldan go'zal, shirindan shakar,
Yulduz emas oy, baxsh etgan chiroy.
Ortingdan borsam, qayda turasan?
Yurakdan buyruq keldi, sen nishondasan.
Ko'zlaring, so'zlaring
Bunchalar ham go'zal bo'lmasa,
So'zlaring, nozlaring
Yuragimga olov solmasa.
Go'zaldan go'zal, shirindan shakar,
Yulduz emas oy, baxsh etgan chiroy.
Ortingdan borsam, qayda turasan?
Yurakdan buyruq keldi, sen nishondasan.
Yuragim, hayotim
To'xtar agar seni ko'rmasa,
Armonlar, qayg'ular
Menga yetar, senga yetmasa.
Go'zaldan go'zal, shirindan shakar,
Yulduz emas oy, baxsh etgan chiroy.
Ortingdan borsam, qayda turasan?
Yurakdan buyruq keldi, sen nishondasan.
Qaniydi ko'zlaring
Men tomonga bir qiyo boqsa,
Bu shirin so'zlaring
Bir bor menga baxshida bo'lsa.
Go'zaldan go'zal, shirindan shakar,
Yulduz emas oy, baxsh etgan chiroy.
Ortingdan borsam, qayda turasan?
Yurakdan buyruq keldi, sen nishondasan. (x1+x2)