Yonimdan o'tdi pari,
Shirin ekan mushkanbari.
Qosh-ko'zi tim-tim qora,
O'zbegimning sof dilbari.
Andishali, andishali,
Sipo kiyingan, andishali.
Qarasam ham, gapirsam ham
Hattoki parvo qilmadi.
O'zi go'zal, istarali,
Yurishi-turishi na’munali.
Hammaning keladi havasi,
Iboli, hayoli, ma’noli.
Ey yor-ey, go'zal yor-ey,
Uyingizga sovchi olib boray.
Nozlanib, pardozlanib,
Egningizga atlas kiyib oling.
Ey yor-ey, go'zal yor-ey,
Uyingizga sovchi olib boray.
Nozlanib, pardozlanib,
Ko'k choydan bir quyib yuboring.
Yuziga oftob boqsa,
Yaltiraydi gul yanog'i.
Qoshlari o'xshaydi yoyga,
Kiprigi-kiprigi ilmog'i.
Andishali, andishali,
Sipo kiyingan, andishali.
Qarasam ham, gapirsam ham
Hattoki parvo qilmadi.
O'zi go'zal, istarali,
Yurishi-turishi na’munali.
Hammaning keladi havasi,
Iboli, hayoli, ma’noli.
Ey yor-ey, go'zal yor-ey,
Uyingizga sovchi olib boray.
Nozlanib, pardozlanib,
Egningizga atlas kiyib oling.
Ey yor-ey, go'zal yor-ey,
Uyingizga sovchi olib boray.
Nozlanib, pardozlanib,
Ko'k choydan bir quyib yuboring.
O'zi go'zal, istarali,
Yurishi-turishi na’munali.
Hammaning keladi havasi,
Iboli, hayoli, ma’noli.
Ey yor-ey, go'zal yor-ey,
Uyingizga sovchi olib boray.
Nozlanib, pardozlanib,
Egningizga atlas kiyib oling.
Ey yor-ey, go'zal yor-ey,
Uyingizga sovchi olib boray.
Nozlanib, pardozlanib,
Ko'k choydan bir quyib yuboring.